Asosiy tushunchalar
Sayt xaritasi      
Qushbegi ko'chasi, 18 100022 Toshkent
+998 71 250 52 21 Malumot uchun telefon
 

BIRJA — oldindan belgilangan joy va muayan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.

BIRJA BITIMI — birja tomonidan ro'yxatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo'yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdo sgartnomasidir.

BIRJANING KOTIROVKALASH VARAG'I — dastlabki ko'zdan kechirishni talab etmaydigan, sifat ko'rsatkichlari o'zgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan, birja savdolariga qo'yilgan muayyan tovarlar ro'yxati.

BIRJA TOVARI — belgilangan tartibda birja savdolariga qo'yilgan muayyan turdagi va sifatdagi tovar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalardir (derivativlar). Er, er osti boyliklari, suv, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk ob'ektlari, ishlar va xizmatlar, xususiy belgili ashyolar, ko'chmas mulk, shuningdek qonun xujjatlariga muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari bo'lishi mumkin emas.

BIRJA SAVDOLARI — birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolaridir. Birja savdolari birjada birja a'zolarining barchasiga ushbu savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda o'tkaziladi.

BROKER — mijozning topshirig'iga ko'ra va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja a'zosi.

DILER — birja bitimlarini o'z nomidan va o'z hisobidan tuzuvchi birja a'zosi.

MARKET-MEYKER — birja tovarlari narxlarining, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun o'z zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan diler.

BIRJA A'ZOLARI — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish xuquqini olgan yuridik shaxslar.

RKTAB HAQIDA

Tаshkil topgаn yil – 1991 yil. Rеspublikа ko'p tarmoqli agrosаnoаt tovar xom-ashyo birjаsi (RKTАSB) 1992 yildа jаhon birjаlаri mа'lumotnomаsigа kiritilgаn, 1998 yildаn boshlаb MDH mаmlаkаtlаri tovаr vа oziq-ovqаt birjаlаri uyushmаsining а'zosi hisoblаnаdi.

Aloqalar

Kushbegi yul., 18
100022 Toshkent
Bizni qanday topish mumkin
 
+998 71 250 52 21

+998 71 250 10 05

info@exchange.uz