Savdo qatnashchisiga aylanish
Qushbegi ko'chasi, 18 100022 Toshkent
+998 71 250 52 04(06,21) Malumot uchun telefon

Search our Site

how
Презентация на тему
"Как стать участником торгов на
Республиканской универсальной
агропромышленной бирже"
Скачать/PDF

Ma’lumot uchun, tovar xom-ashyo birjalarida uch xil savdo turlari mavjud:

  • birja savdolari,
  • ko’rgazma-yarmarka savdolari ,
  • auksion savdolari.

Barcha turdagi savdo seksiyalarida:

  • eksport,
  • import va
  • ichki bitimlarni

amalga oshirish mumkin.

  • 2Birja savdolarida birja tovarlari sotiladi, bular strategic bo’lgan tovarlardir, ular jahon yoki milliy standartlarga javob beradi, tovarni avvaldan ko’zdan kechirish talab etilmaydi: paxta tolasi, bug’doy, rangli metallar va boshqalar.   

O’zbekiston Respublikasida bu asosan monopolist-korxonalarning ishlab chiqaradigan mahsulotlari: sement, dizel yonilg’isi, ko’mir, paxta tolasi, lint, mineral o’g’itlar, qora metallar prokati, polietilen, polipropilen.  

Import birja tovarlari: bug’doy, shaker, yog’, neft mahsulotlari, asbest, oyna va h.k.z.  Birja tovarlarining turlari bo’yicha birja tomonidan shartli tarzda xaftalik kotirovkalar hisoblab chiqiladi e’lon qilinadi.

Birja savdolarida faqatgina birjada akkreditasiyadan o’tkan brokerlik idoralarining xodimlari bo’lgan treyderlar ishtirok etadi.   

  • 3Ko’rgazma-yarmarka savdolarida jahon standartlariga javob bermaydigan istalgan turdagi tovarlar sotilishi mumkin, sanoat mahsulotlari, xalq extiyoji mollari va x.k.z. Bunday tovarlarni avvaldan na’munalar, electron kataloglar, prospektlar, reklama byulletenlari yoki boshqa tavsiflovchi xujjatlar vositasida ko’rib tanishib chiqish mumkin.

    Ko’rgazma-yarmarka savdolarida birja mijozlarining o’zlari ham ishtirok etishlari mumkin, yoki yanada o’ng’ayroq qilishlari uchun ularning ma’nfaatlarida ishlovchi brokerlarning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

  • 4Auksion savdolarida shunday pozisiyalar sotiladiki ular o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi, masalan, ishlar, xizmatlar va boshqalar.

    Auksion savdolarida shuningdek birja mijozlarining o’zlari bevosita ishtirok etishlari mumkin, yoki o’zlariga oson qilishlari uchun ularning manfaatlarida ishtirok etuvchi brokerlarning xizmatidan foydalanishlari mumkin.

  • 5Birja savdolarining barcha turdagi savdolarida ishtirok etish, variant sifatida mijozlar malakali brokerlar xizmatidan foydalanishlari mumkin, ularning telefonlari birjaning  saytida “RKTASB to’g’risida” bo’limining “BROKERLAR” bo’limchasida mavjud.

Mijozlar brokerlarning xizmatlaridan foydalanishlaridagi afzalliklari quyidagilar:

  • zarur hollarda, keyingi bosqichlarda bitimlarni kuzatuv yo’li bilan mijozning topshirig’iga binoan birjada shartnomada etkazib brish va boshqa shunga o’xshash shartlar o’zgarganda qo’shimcha kelishuvlarni rasmiylashtirishda xizmat ko’rsatadi.

  • brokerlar tuzilgan bitimlar bo’yicha shartnomaviy xujjatlarni tezkor rasmiylashtiradi, zarur hollarda xujjatlarni bojxonada rasmiylashtirish bo’yicha keying bosqichlarida ishtirok etib xizmat ko’rsatishlari mumkin;

  • brokerlar birja savdolarining electron savdolari tizimida ishlashni biladilar, electron ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni biladilar va birja savdo qoidalarini biladilar, birjaning asosiy meyoriy xujjatlarini bilishadi va boshqa birja faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilikdagi xujjatlar bilan tanish, zayavkalarni tez kiritishadi, auksion savdolarining strategiyasi va taktikasida bilimga ega;

  • tovarlarni, ishlar, xizmatlarni sotish va xarid qilish topshiriqlarni brokerlar malakali bajaradi;    

  • 6Mijoz u ishlab chiqaruvchimi, ulgurji savdo bilan shug’ullanadimi, fermer, tadbirkor, chet el kompaniyasimi vositachilarsiz savdolarning barcha turida ishtirok etishlari mumkin.
  • 7Birja va auksion savdolarida to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etish brokerlar xizmatidan foydalanmasdan 

Savdolarda ishtirok etish istagida bo’lganlar eng avvalo birja a’zosiga aylanishi shart, buning uchun kerak:

  • shunga muvofiq arizani taqdim etib, birja savdolarida ishtirok etish xuquqini qo’lga kiritishi;

  • belgilangan to’lovni kiritib, birja bilan a’zolik to’g’risida shartnoma imzolashi;

  • birja savdo qoidalarini, BSET yo’riqnomasini, arbitraj komissiyasi to’g’risidagi qoidalarni, ichki nazorat qoidalarini o’rganib chiqishi;

  • chet el kompaniyalari belgilangan tartibga muvofiq birjaning hisob-kliring palatasida akkreditasiyadan o’tishlari;

  • O’zbekistonda tovar brokerlarining ixtisoslashtirilgan maxsus o’quv kursida o’qib uning broker sertifikati nusxasini birjaga taqdim etish;

  • birjada akkreditasiyadan o’tgan to’g’ridan-to’g’ri qatnashadigan ishtirokchi, birja a’zosiga aylanadi va diler maqomiga ega bo’ladi.

  • 8Diler brokerdan farqli tovarlarni sotishda va xarid qilishda o’z nomidan va o’z hisobidan ish yuritadi, unga sotishga va xarid uchun topshiriq-shartnomalarini tuzish talab etilmaydi. Diler to’g’ridan-to’g’ri topshiriq-shartnomalarini taqdim etmasdan sotishga ham xaridga ham zayavkalar berishi mumkin va birja savdolarida uzoqdan turib electron-raqamli imzosidan foydalanib ishtirok etishi mumkin.

Birjada akkreditasiyadan o’tgan diler qo’shimcha xujjatlarni rasmiylashtirmasdan to’g’ridan-to’g’ri ko’rgazma-yarmarka va auksion savdolarida ishtirok etishlari mumkin.

  • 9 Agarda savdo qatnashchisi faqatgina birjaning ko’rgazma-yarmarka savdolarida ishtirok etishni istasa, u holda birja a’zoligiga akkreditasiyadan o’tishda to’la ro’yxatni taqdim etmaydi. Buholdabirjaningsavdobo’limidadilersifatidaro’yxatdan’tadivako’rgazma-yarmarkasavdolaridato’g’ridan-to’g’riishtiroketadi.     

    Bunda, to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etuvchi ham birja savdo qoidalarini o’rganishi va to’liq bajarishi, birja birja electron savdo tizimidan foydalanish bo’yicha yo’riqnomadan, arbitraj komissiyasi to’g’risidagi qoidalardan, birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalaridan foydalanish talabi qo’yiladi,    

    Yuqorida barcha aytib o’tilganlarni inobatga olib, mijozlar o’z kuchlarini va vaqtlarini tejash maqsadida ular birja vositachilarining xizmatidan foydalanishlari mumkin, brokerlarning xizmat haqqi, birja yig’imlari bitim qiymatining 0,1% atrofida bo’ladi. 
  • 10Birja savdoqoidalarini, BESTda amaliy ishlash bo’yicha yo’riqnoma, meyoriy xujjatlar va qonunchilik xujjatlarini batafsil o’rganib chiqish uchun saytda shunga muvofiq bo’limlari mavjud!

Saytda qayta a’loqa birja bilan bog’lanish va’lumotlari mavjud:

RKTAB HAQIDA

Tаshkil topgаn yil – 1991 yil. Rеspublikа ko'p tarmoqli agrosаnoаt tovar xom-ashyo birjаsi (RKTАSB) 1992 yildа jаhon birjаlаri mа'lumotnomаsigа kiritilgаn, 1998 yildаn boshlаb MDH mаmlаkаtlаri tovаr vа oziq-ovqаt birjаlаri uyushmаsining а'zosi hisoblаnаdi.

Aloqalar

Kushbegi yul., 18
100022 Toshkent
Bizni qanday topish mumkin
+998 71 250 52 04
+998 71 250 52 06
+998 71 250 52 21
info@exchange.uz