Birja texnologiyalarining afzalliklari
Sayt xaritasi      
Qushbegi ko'chasi, 18 100022 Toshkent
+998 71 250 52 21 Malumot uchun telefon
 

Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat tovar xom-ashyo birjasi

  • 1Birja savdolari qatnashchilarining shartlari bo’yicha istalgan turdagi bitimlar istalgan valyutada tuzilishi mumkin. Shunday qilib, Sotuvchi o’z tovarlarini sotuvga chiqarishda taklinafaqat so’mda balki boshqa konvertasiya qilinadigan valyutalarda
    Преимущества
    Mavzu bo'yicha taqdimot
     "Ishning afzalliklari va birjada bitimlar tuzish"
  • 2Birjada savdo qatnashchilarining xoxishiga binoan istalgan turdagi va valyutadagi bitimlar tuzilishi mumkin. Shunday qilib, Sotuvchi o’z tovarlarini savdoga chiqarishida nafaqat so’mda, balki boshqa valyutalarda ham sotishi mumkin: rubl, dollar, yevro va boshqa konvertasiya qilinadigan valyutalarda.
  • 3Importer-norezident tovarlarini valyutaga birja savdolarida sotgan hollarda, tuzilgan valyutali bitim bo’yicha xaridor vakolatlangan bank orqali mablag’ni konvertasiya qilib berishni ta’minlaydi.
  • 4Importer-norezident tovarlarini birja savdolarida milliy valyuta so’mga sotgan hollarda, tuzilgan bitim bo’yicha birja a’zosi-broker ishtirokida xisob-kliring palatasi orqali mablag’ni konvertasiya qilib berish ta’minlaydi.
  • 5Importer-norezident xizmatlarni yoki tovarlarni birja savdolarida milliy valyuta so’mga sotib olgan hollarda, xisob-kliring palatasi orqali o’zining maxsus raqamiga chet el valyutasiga yetishmayotgan so’m mablag’ni sotib olib kiritishi mumkin.
  • 6Birja tizilgan shartnomalar bo’yicha tovarlarni yetkazib berish va to’lovini amalga oshirish kafolatini birjaning xisob-kliring palatasi orqali avvaldan garov puli kiritish bitimlari bo’yicha mexanizmlardan foydalanilgan holda ta’minlaydi, bu esa qatnashchilarning majburiyatlariga bo’lgan ma’suliyatni oshiradi va har tarafdan aldanish hollarini oldini oladi.
  • 7Birja Tovar bozorlarining, taklif va talabning, tovar izlashning samarali yo’llarini, respublikaning ichida bo’lsin yoki chet eldagi xamkorlarni topishning to’laqonli ko’rish imkoniyatini yaratib bera oladi.
  • 8Birja o’tkazilayotgan savdolarning shaffofligini va adolatli o’tishini ta’minlaydi. Savdo jarayonida har bir qatnashchi real vaqt rejimida auksionda kim ishtirok etayotganini, qanchaga narxni oshirganini va kim savdo natijalariga ko’ra g’olib (xaridor) bo’lganini ko’rishi mumkin.
  • 9Zamonaviy birja electron savdolari tizimi moddiy-taxnik resurslarni xarid qilishda cheklanmagan sonly qatnashchilarga birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradi, qatnashchining jug’rofiy joylashuvidan qat’iy nazar.
  • 10Birja savdolarida electron xujjatlar aylanmasi, electron-raqamli imzoni qollashi sababli, qatnashchilarning vaqtlarini ham mablag’larini ham tejamkorligini ta’minlaydi. Birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bitimning barcha shartlarini to’liq va malakali aks ettiradi, qonunchilikka muvofiq bo’lib, shartnoma taraflari tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan barcha xato, kamchiliklarni bartaraf etadi.
  • 11Birja savdosiga tovarini chiqarganligi uchun qatnashchidan to’lov olinmaydi. Faqatgina bitim tuzilganidan so’nggina birja yig’imi olinadi o’rtacha 0,1% ni tashkil etadibu juda kichik yig’im bo’lib tovarning narx shakllanishiga deyarli ta’sir etmaydi.
  • 12Birja sotuvchilarga tovarlarini erkin narxlarda savdoga chiqarish imkonini beradi (Birja savdolari to’g’risidagi Qonunga muvofiq). Narxlarning talab va taklif asosida ob’ektiv shakllanishi, birja savdo qatnashchilariga ichki va tashqi bozorlarda tovarlarga bo’lgan narxlarning real darajasidan xabardor bo\lib turishlarining imkonini beradi. Birja kotirovkalari bozor narxlarining indikatori bo’lib, sotishda va xarid qilishda ko’rsatuvchi yo’nalish beruvchi vositadir.
  • 13Ochiq savdolar jarayonida shakllangan mahsulotlarning narxlari bozor narxlari hisoblanadi, bunda tuzilgan bitimlar shaffof hisoblanadi va xuquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruvlar o’tkazilganida ham ular shubhadan holi hisoblanadi chunki birjada tadbiq etilgan ichki nazorat qoidalariga muvofiq tekshiruvdan o’tkaziladi. Birjada tuzilgan bitim bo’yicha qatnashchilarda tekshiruv o’tkazilgan holda, birjaning xuquqshunoslik xizmati bitim qatnashchilari manfaatlarini ximoya etishda faol ishtirok etadi.
  • 14Respublikaning ichida, shuningdek chet ellarda ko’p sonly brokerlarning keng kooperasion aloqalari mavjud bo’lib yana xududiy filiallar, respublika bo’ylab korxonalarni resurslar bilan ta’minlash tovar ishlab chiqaruvchilar zaruriyati uchun xom-ashyo, uskunalar va texnologiyalarni etkazib berish, chet el tovar bozorlariga chiqish deganidir.
  • 15Forvard (kelajakda esa - fyuchers) tovar bozorini shakllantirish ishlab chiqaruvchilarga va fermerlarga kelgusi davrlarda tovarlarni kafolatli etkazib berish sharti bilan sotish imkonini beradi va o’zlari ishlab chiqargan tovarlarini sotishdagi ishonchlarini oshiradi.
  • 16Xalqaro birjalararo kooperasiya, qo’shma electron savdo maydonchalarini tashkil etish, bitimda ishtirok etuvchi turli mamlakatlardan ishtirok etayotgan qatnashchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri a’loqalarni o’rnatishni ta’minlashga maksimal darajada imkon beradi va vositachilar zanjirini sezilarlik kamaytirishga erishiladi.

RKTAB HAQIDA

Tаshkil topgаn yil – 1991 yil. Rеspublikа ko'p tarmoqli agrosаnoаt tovar xom-ashyo birjаsi (RKTАSB) 1992 yildа jаhon birjаlаri mа'lumotnomаsigа kiritilgаn, 1998 yildаn boshlаb MDH mаmlаkаtlаri tovаr vа oziq-ovqаt birjаlаri uyushmаsining а'zosi hisoblаnаdi.

Aloqalar

Kushbegi yul., 18
100022 Toshkent
Bizni qanday topish mumkin
 
+998 71 250 52 21

+998 71 250 10 05

info@exchange.uz